Homilador ayol iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

A A A
Homilador ayol iste’mol qilishi mumkin bo‘lmagan mahsulotlar

Agar homilador bo‘lsangiz, qahva miqdorini kamaytirish, alkogolni esa umuman istisno qilish kerakligini hamma biladi. ​Hatto tuxum va baliq yog‘i ham zarar keltirishi mumkin.

Biroq undan ham ayyor oziq-ovqat mahsulotlari mavjud. Bir qarashda ular aybsiz va hatto foydali bo‘lib ko‘rinadi. Aslida esa kuniga uch marta espresso ichishga qaraganda ona yoki bo‘lajak bolakayga kuchliroq zarar keltirishi mumkin.

Homiladorlik vaqtida voz kechish kerak bo‘lgan mashhur mahsulotlar ro‘yxati quyidagilardan iborat. Hech bo‘lmaganda ularni iste’mol qilishdan avval ikki marta o‘ylab ko‘rish kerak.

1. Xom tuxumlar

Shuningdek, tarkibida tuxum mavjud bo‘lgan mahsulotlar: gogol-mogol, uyda tayyorlangan mayonez, xom xamir, pashot-tuxumlari, tiramisu.

Xavf nimadan iborat?

Birgina so‘zning o‘zi kifoya: salmonellyoz. Bu o‘tkir ichak infeksiyasi, o‘limga sabab bo‘lmaydi, biroq kuchli diareya va qayt qilish bilan kechadi. Ular esa suvsizlikni keltirib chiqaradi. Bu holat esa yomon: homilada normal qon aylanishi va bachadondagi amniotik namlik darajasiga bog‘liq. Suv yetishmasligi bo‘lajak bola rivojlanishidagi buzilishlar, shuningdek, bola tushish xavfiga aylanishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Agar tuxumdan voz kechishga kuchingiz yetmasa, ular yaxshilab yuvilgan va termik qayta ishlangan bo‘lishiga e’tibor bering. Yaxshilab qaynatilgan tuxum, omlet, pishiriqlar xavfsiz.

2. Xom go‘sht

Shuningdek, steyk, xom dudlangan kolbasalar, yaxshilab qovurilmagan qiyma.

Xavf nimada?

Xom go‘sht parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin. Masalan, toksoplazmalar bilan. Ular yo‘ldosh to‘sig‘idan o‘tib, bo‘lajak bolaning rivojlanishida jiddiy buzilishlarni chaqirishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Go‘shtni parazitlardan xalos etish oson – unga yaxshilab termik ishlov bering. Gap dudlangan mahsulotlar haqida borar ekan, to‘rt kun davomida muzlatish xavfni kamaytirishda yordam beradi.

3. Xom baliq

Ayniqsa, soy va yovvoyi okean balig‘i, mollyuska (ustrisa, midiyalar), dudlangan baliqning barcha turlari va sushini ehtiyotkorlik bilan xarid qilish kerak.

Xavf nimada?

Rollni iste’mol qilish natijasida siz duch keladigan holatlar turlicha bo‘lishi mumkin:

go‘sht kabi baliq ham parazitlar bilan zararlangan bo‘lishi mumkin;

lahm go‘shtda kasallik chaqiruvchi bakteriyalar – masalan, listeriya yoki botulinobakteriyalar uchraydi;

kichik daryolardagi baliq kimyoviy jihatdan ifloslangan suv havzalaridan tutilgan bo‘lishi mumkin – jami zaharli moddalar onaga ham, bolaga ham yetib boradi;

okean balig‘i o‘zida simobni to‘playdi. Bu borada akula, qilich-baliq, qirollik makreli va kafelnik ayniqsa xavfli. Simobli zaharlanish ona va bo‘lajak bola salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi – bu element miyaning zararlanishi va rivojlanishdan ortda qolishni chaqiradi.

Nima qilish kerak?

Pishirilgan baliqlarni iste’mol qilish zarur. Konservalarni yeyishda ham ehtiyot bo‘lish kerak: yaroqlilik muddatiga e’tibor bering va shishgan bankalardagi mahsulotlarni hech qachon iste’mol qilmang.

4. Yumshoq pishloqlar

oq mog‘orli yumshoq pishloqlar — bri va kamamber;

ko‘k rangdagi mog‘orli pishloqlar - gorgonzola, rokfor.

Xavf nimada?

Namlik yuqori bo‘lgani hisobiga bunday pishloqlar juda ko‘plab bakteriyalar rivojlanishi uchun ideal muhitga aylanadi. Ana o‘sha listeriyalar bo‘lajak bolakay organizmiga tushib, rivojlanishning og‘ir buzilishlari, homila tushishi, o‘lik holda tug‘ilishni yuzaga keltirishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Ideal variant — qattiq pishloq (chedder, parmezan, stilton va boshqalar) iste’mol qilish: u xavfsiz. Yumshoq pishloqlarni iste’mol qilish mumkin, biroq agar ular pasterizasiya qilingan sutdan tayyorlangan bo‘lishi kerak. Bu mosarella, feta, rikotta, xalumlar.

5. Jigar

Shuningdek, jigarli pashtet va kolbasa, treska jigaridan olingan baliq moyi ham.

Xavf nimada?

A vitamini juda ko‘p. Uning ko‘p miqdorda bo‘lishi esa homilada tug‘ma defektlar rivojlanishiga olib kelishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Jigar mahsulotlarini iste’mol qilmang. Ayniqsa, ayrim sabablarga ko‘ra, A vitaminli preparatlarni ichayotgan bo‘lsangiz. Ha, vitamin va bioqo‘shimchalarni o‘zingiz belgilamang – buni faqat shifokoringiz amalga oshirishi mumkin.

6. Pasterizasiya qilinmagan sut

Shuningdek, ana shunday sutdan tayyorlangan yogurt va muzqaymoq.

Xavf nimada?

Yana o‘sha bakteriyalarning yuqori miqdorda bo‘lishi bilan bog‘liq. Pasterizasiya qilinmagan sut – termik ishlov berilmagan mahsulot. Shuning uchun bo‘lajak bola uchun o‘ta xavfli listeriyalar uning tarkibida bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Faqat pasterizasiya qilingan sutni ichishga harakat qiling. Agar ayrim sabablarga ko‘ra, faqat xom sut mavjud bo‘lsa, uni iste’mol qilishdan oldin albatta qaynating.

7. Kofeinli mahsulotlar

Bu nafaqat qahva, balki ko‘k choy, shokolad, kola, energetik ichimliklar, shuningdek, shamollash va grippga qarshi ayrim dori vositalari.

Xavf nimada?

Ushbu moddaning yuqori miqdori bola tug‘ilganida vazni kam bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Bu esa keyinchalik salomatlik bilan bog‘liq muammolar xavfini oshiradi. Ayrim hollarda kofeinli mahsulotlarni iste’mol qilish homila tushishini qo‘zg‘atadi.

Nima qilish kerak?

Kofeindan butunlay voz kechish kerak emas. Kuniga 200 mg dan ko‘p iste’mol qilmaslikning o‘zi kifoya. Chegaradan oshib ketmaslik uchun taxminiy miqdorlarga e’tibor bering:

1 finjon qahva — 100 mg kofein;

1 finjon espresso — 140 mg;

1 finjon choy — 75 mg;

1 banka kola (330 ml) — 40 mg;

1 banka energetik-ichimlik (250 ml) — 80 mg;

50 g qora shokolad — 25 mg gacha;

50 g sutli shokolad — 10 mg gacha.

Yana bir bor e’tibor bering: bu taxminiy raqamlar. Biroq ulardan hisob-kitobda foydalanish mumkin. Masalan, tongda bir finjon espresso, kun o‘rtasida bir banka kola ichsangiz, deyarli 200 mg kofein olgan bo‘lasiz.

8. Yaxshilab yuvilmagan meva va sabzavotlar

Shuningdek tuproqqa yaqin o‘suvchi rezavor mevalar – qulupnay, smorodina. Agar mahsulotlar tayyorlashdan avval yaxshilab yuvilganini bilmasangiz, yangi siqilgan meva sharbatlari ham savol ostida.

Xavf nimada?

Toksoplazmoz va botulizmni chaqiruvchi bakteriyalar tuproqda yashaydi. Yerdan olingan olma yoki yaxshilab yuvilmagan sabzida ular bo‘lishi mumkin.

Nima qilish kerak?

Homiladorlik vaqtida sabzavot va mevalardan voz kechish kerak emas: bu muvozanatlashgan sog‘lom rasionning bir qismi. Biroq ularning tozaligini ko‘zdan kechirish zarur. Nafaqat ona, ehtimol balki bo‘lajak bolaning sog‘lig‘i ham shunga bog‘liq.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

«Real» ichidagi «sotqin» topildi

«Реал» президенти Флорентино Перес клуб ичидаги сирларни ташқарига чиқарган — Федерико Вальверде ва Орельен Тчуамени ўртасидаги низо ҳақидаги маълумотни матбуотга сиздирган шахс топилганини маълум қилди.

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Germaniya aholisi Erondagi urush sababli shaxsiy avtomobillardan voz kechmoqda

Verivox портали буюртмасига асосан ўтказилган сўровномада иштирок этганларнинг 48 фоизи шундай фикр билдирган.

Denovda kurash musobaqasida polvon pichoqlab o‘ldirildi

Шифокорлар кўрсатган ёрдамга қарамай, у шифохонада вафот этган.

Eron rasmiylari Ho‘rmuz bo‘g‘ozini nazorat qilish uchun yuzlab katerlardan iborat "chivinlar floti"dan foydalanmoqda

Нашрнинг ёзишича, бу "чивинлар флоти" Теҳроннинг энг фаол устки денгиз кучи ҳисобланади.

«Real» Vinisius, Mbappe va Bellingem borasida bir qarorga keldi

Матбуотда Мадриднинг "Реал" клуби таркибни шакллантириш бўйича турли маълумотлар пайдо бўлмоқда.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Yana bir davlat Eronga maxfiy ravishda hujum uyushtirgan

Бу ҳақда Reuters агентлиги Ғарб давлатлари ва Эрондаги манбаларига таяниб хабар берди.

1 iyundan elektr energiyasi va tabiiy gazning yangi tariflari joriy etiladi

Ҳукуматнинг тегишли қарори (243-сон, 15.05.2026 й.) билан 2026 йил 1 июндан электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Tramp Si Szinpinning Eron bo‘yicha taklifi haqida gapirdi

Трампнинг айтишича, Си Цзиньпин: «Агар ёрдам бериш учун қўлимдан келган иш бўлса, ёрдам беришни истайман», деган.

Xitoy rahbari Tramp bilan uchrashuv natijalarini e’lon qildi

ХХР раҳбари Си Цзиньпин Хитой ва АҚШ савдо-иқтисодий муносабатларда барқарорликни сақлаб қолишга келишиб олганини маълум қилди.

Zelenskiyning «o‘ng qo‘li» — Andrey Yermak qamoqqa olindi

Украина Олий аксилкоррупция суди Президент офисининг собиқ раҳбари Андрей Ермакни қамоққа олиш ҳақида қарор чиқарди. Суд жараёнида унинг фолбин билан маслаҳатлашгани ҳақида ҳам сўз борди.

Gaitida qurolli to‘dalar to‘qnashuvi: 5 mingdan ortiq odam uy-joysiz qoldi

Гаитида қуролли тўдалар ўртасидаги шиддатли тўқнашувлар оқибатида сўнгги уч кун ичида қарийб 5300 киши ўз уйини тарк этишга мажбур бўлди.

«Nakba»ning 78 yilligi: halok bo‘lganlar soni 50 foizga oshdi, vayronagarchilik esa bir necha barobar kuchaydi

78 йил аввал содир бўлган «Буюк фожеа» — «Накба»дан кейин фаластинликлар яна ўша азобларни бошдан кечирмоқда, аммо бу сафар анча кенг кўламда.

Xorazmda MIB xodimiga nisbatan jinoyat ishi ochildi

Эвазига 1500 АҚШ доллари олган вақтида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан ашёвий далиллар билан ушланди.

Migrasiya agentligining sobiq mulozimi xalqaro qidiruvga berildi

35 ёшли Азизбек Тоштемировнинг исми «қизил билдиришномалар» рўйхатида ва у фирибгарликда гумонланмоқда.

“Volvo” g‘ildiraklari orasidan qariyb 20 kg narkotik olindi

Шунингдек, ушбу ноқонуний ишга буюртмачи шахснинг 1980 й.т. отаси ҳам алоқадор эканлиги аниқланиб, у ҳам процессуал тартибда ушланди.

Zelenskiyni ag‘darish rejasi fosh bo‘ldi

Британиялик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркуриснинг YouTube каналидаги баёнотига кўра, Украина президенти Владимир Зеленскийга қарши сиёсий босим ортиб бораётгани уни лавозимдан четлатиш режасининг бир қисми бўлиши мумкин.

Nega qo‘shni davlatdagi ziyolilar O‘zbekistonga havas qilmoqda? Xalq shoirining «Riyosiz so‘zlar»i

Ҳақиқий ёзувчи-шоирлар ҳақиқатни ёзишни хуш кўрадилар. Улар ­­­– Ватанпарвар. Ҳар ҳолда Ўзбекистонда худди шундай. Ватаннинг гуллаб-яшнаши, ижобий ўзгаришлар ҳар бир фуқаронинг ҳаётини юксалтиришг сари қўйилган қадам эканлигини теран ҳис қиладилар, кайфиятилари кўтарилади. Худога минг шукурким, бу ўзгаришлар ҳар соатда, ҳар кун рўй бериб турибди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.