“Hizbulloh”ning Lotin Amerikasida eng qidiriluvchi a’zolaridan biri qo‘lga olindi

“Hizbulloh”ning Lotin Amerikasida eng qidiriluvchi a’zolaridan biri qo‘lga olindi

Braziliya federal polisiyasi AQSh Livanning “Hizbulloh” tashkiloti bilan bog‘laydigan Asad Ahmad Barakotni qo‘lga oldi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.

Barakot Paragvay bilan chegarada joylashgan Fos-du-Iguasu shahrida Paragvay bergan order bo‘yicha ushlangan.

Ma’lum qilinishicha, Barakot “Hizbulloh”ning Lotin Amerikasida eng qidiriluvchi a’zolaridan biri bo‘lib, guruhning “moliyalashtirish va pul yuvishdagi” muhim a’zosi hisoblanadi.

“Nasyon” nashrining ta’kidlashicha, Paragvayda unga qarshi hujjatlarni qalbakilashtirish bo‘yicha ayblov bildirilgan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Barakot Livan fuqarosi bo‘lib, 1989 yilda Paragvay fuqaroligini ham olgan, biroq 2007 yilda soliq firibgarliklari uchun undan mahrum etilgan.

2004 yil AQSh moliya vazirligi Barakotni “Hizbulloh”ga g‘aznachi sifatida ishlashda ayblagan va AQSh banklariga uning barcha hisob raqamlarini muzlatishni buyurgan.

“Hizbulloh” AQShda terrorchilik tashkiloti hisoblanadi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!