Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan 14 ta nazorat tadbirida 8,3 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar undirilgan

Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan 14 ta nazorat tadbirida 8,3 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar undirilgan

Joriy yilning I choragida Hisob palatasi tomonidan o‘tkazilgan 14 ta nazorat tadbirida 8,3 mlrd so‘mlik noqonuniy xarajatlar byudjetiga undirildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi mas’ul xodimi Sardor Usmonov ma’lum qildi.

Shuningdek, Davlat byudjetiga 140 mlrd so‘m qo‘shimcha daromad manbalari aniqlandi.

Respublikamizning 5 ta hududida 2022-2023 yillar davomida davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirilgan xaridlarning qonuniyligi o‘rganildi.

Tahlillar davomida raqobatli usullarni chetlab o‘tib to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yish, xarid shartnomalarini ekspertizadan o‘tkazmaslik va yuqori narxlarda xaridlarni amalga oshirish holatlarining mavjudligi ma’lum bo‘ldi.

Byudjetdan eng ko‘p mablag‘ oluvchi vazirliklarga

Hisob palatasining mas’ul xodimlari doimiy tarzda biriktirildi va asosiy e’tibor byudjet mablag‘lari sarflanishing monitoringi va samarasiz xarajatlarni oldini olishga qaratildi.

Davlatimiz rahbarining 1-chorakda qabul qilingan

117 ta hujjatidagi 5 287 ta topshiriqlari ijrosi ustidan “ijro.gov.uz” elektron tizimi orqali kunlik nazorat o‘rnatilgan.

O‘tgan chorakda amalga oshirilgan masofaviy nazorat natijalariga ko‘ra 260 ta holatda 37,2 mlrd so‘mlik moliyaviy xatoliklarning barvaqt oldi olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!