Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan erkaklar hibsga olindi

Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylangan erkaklar hibsga olindi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Assam shtatida polisiya xodimlari erta nikohga qarshi kurash doirasida uyushtirilgan reydda 2169 erkakni hibsga oldi. Bu haqda «Kommersant’» xabar berdi.

Mahalliy polisiya boshlig‘i ma’lumotlariga ko‘ra, erkaklar polisiya tomonidan ochilgan 4074 ta ish bo‘yicha hibsga olingan.

Ayrim ayollar erining hibsga olinishiga qarshi chiqqan. «Biz birga yashayotgandik, zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan bo‘lsak ham, baxtiyor edik. Erim hibsga olingandan keyin kim bizni ta’minlaydi?», deydi ayollardan biri.

1978 yilda Hindiston qonunchiligiga erkaklar 21 yoshda, ayollar esa 18 yoshda turmush qurishga ruxsat beruvchi o‘zgartirish kiritildi. Ushbu cheklovlar bugungi kunda ham amalda. Biroq, Hindistonda daromad pastligi sababli, 18 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan turmush qurish asosan qishloq aholisi orasida keng tarqalgan.

2021 yil dekabr oyida Hindiston parlamentiga erkaklar va ayollar uchun nikohning eng kam yoshini 21 yoshga tenglashtirish haqidagi qonun loyihasi taqdim etilgan edi. Biroq, hujjat hali tasdiqlanmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!