Hindistonda so‘yilmagan sigir uchun bir musulmon o‘ldirildi

Hindistonda so‘yilmagan sigir uchun bir musulmon o‘ldirildi

Hindistonning Bixar shtatida sigirni so‘yish niyati bor deb gumon qilingan bir musulmonni olomon kaltaklab o‘ldirdi.

Polisiyaning ma’lum qilishicha, hodisa 29 dekabrdan 30 dekbarga o‘tar kechasi ro‘y bergan. Olomon 55 yoshli Qobulni ayamay tepkilagan va kaltaklagan, ustidan kulib, yechintirgan. Ular Qobulning yolvorishlariga quloq solmagan.

NDTV xabariga ko‘ra, qotillar ushbu hodisani videoga olib, internetga joylagan. Ayni paytda jinoyatchilar qidirilmoqda.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!