Hindistonda qo‘l va oyoqlarsiz chaqaloq dunyoga keldi (video)

Hindistonda qo‘l va oyoqlarsiz chaqaloq dunyoga keldi (video)

Hindistonning Madxya-Pradesh shtatida qo‘l va oyoqlarsiz qizaloq dunyoga keldi, deb xabar beradi “zakon.kz”.

Kichkintoy 26 iyun, shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, WNT3 genidagi mutasiya tufayli yuzaga kelgan noyob irsiy kasallik - tetraameliya sindromi bilan tug‘ilgan.

Ushbu sindrom tananing turli qismlarida jiddiy formasiyalarga olib keladi. Ko‘pgina hollarda o‘pka rivojlanmaydi va bu nafas olishni qiyinlashtiradi. Tetraameliya sindromi bo‘lgan bolalar ko‘pincha o‘lik holda dunyoga kelishadi yoki tug‘ilishdan ko‘p vaqt o‘tmay nobud bo‘lishadi. Hozirda avstraliyalik Nik Vuychich va yaponiyalik Xirotada Ototake - tetraameliya sindromidan aziyat chekadigan eng mashhur shaxslardan hisoblanishadi.

Kasalxona pediatri Suresh Agarvalning so‘zlariga ko‘ra, qizaloqning ahvoli qoniqarli va butunlay sog‘lom.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!