Hindistonda ibodatxona qulashi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ibodatxona qulashi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning markaziy qismidagi ibodatxonada quduq qopqog‘i qulashi oqibatida 35 kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi The Guardian.

Fojiali voqea Madxya-Pradesh shtati Indor shahrida yuz berdi. Mahalliy ma’muriyatning ta’kidlashicha, qopqoq og‘ir yuk tufayli qulab tushgan.

Zinapoyali qudug‘ni yopib turgan qopqoq faqat metall panjara ustiga quyilgan plitkalardan iborat ekanligi aniqlandi.

Madxya-Pradesh ichki ishlar vaziri Narottam Mishra fojia yuzasidan surishtiruv boshlanganini va halok bo‘lganlarning oilalariga tovon puli to‘lanishini ma’lum qildi.

Payshanba kuni ibodatxonada bo‘lib o‘tgan Ram Navami hindu festivalida asosan ayollar va bolalar ishtirok etdi.

Polisiyaning aytishicha, quduq qopqog‘i sifatida qo‘llanilgan ibodatxonadagi zaif pol odamlarning og‘irligini ko‘tarolmay, qulab tushgan. Shu payt qudug‘da taxminan 25 fut (7,6 metr) suv bo‘lgan.

Mahalliy favqulodda vaziyatlar xodimlari quduqqa tushib ketganlarga yordam berish uchun arqon va narvonlardan foydalangan.

Voqea sodir bo‘lgan vaqtda ibodatxonada burchakda turgani uchun tirik qolgan ayolning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi dindorlar quduqda qarab duo qilib turgan paydta qulab ketishgan.

Rasmiylarning aytishicha, qutqaruv ishlari davom etmoqda. Hozirda 18 kishi qutqarib olingan, ularning barchasi kasalxonada.

The Times of India xabariga ko‘ra, Indor shahri ma’murlari yanvar oyida ma’baddagi polni olib tashlashga uringanini isbotlovchi hujjat mavjud. Chunki uning yaroqsizligi oldindan aniqlangan.

Afsuski, ular mahalliy hindularning noroziliklari tufayli o‘z rejalaridan voz kechishgan.

Xuddi shunday fojia o‘tgan yilning noyabr oyida Hindiston g‘arbidagi Gujarat shtatida sodir bo‘lgan edi.

O‘shanda Morbi daryosida 135 kishi, asosan ayollar va bolalar halok bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!