Hindistonda 66 mln yil oldin yashagan dinozavr tuxumlari topildi

Hindistonda 66 mln yil oldin yashagan dinozavr tuxumlari topildi

Hindistonlik paleontologlar o‘simliklar bilan oziqlanadigan 66 million yil avval yashagan katta dinozavr – titanozavrlarga tegishli 92 ta uyadan 256 ta toshga aylangan tuxumlarni topishdi. Bu haqda “Hindustan times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, tuxumlarning diametri 15 santimetrdan 17 santimetrgacha bo‘lgan. Ko‘pgina uyalar bir-biriga yaqin joylashgan bo‘lib, uyadagi tuxumlar soni 1 tadan 20 tagacha bo‘lgan. Uyalarning yaqin joylashuvi hozirgi ba’zi jamoa bo‘lib tuxum qo‘yuvchi qushlar guruhiga o‘xshaydi. Dinozavrlarning tuxumlari mo‘rt bo‘lib, qazilma qoldiqlarida ularning saqlanib qolishi juda kamdan-kam hollarda uchraydi. Bu tuxumlar ham toshga aylanib bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Hindistonda birinchi dinozavr tuxumlari Madxya-Pradesh shtatidagi Dxar tumanidan 1990 yillarda topilgan bo‘lib, eng so‘nggi tadqiqotlar 2018 hamda 2020 yillarda amalga oshirilgan. Dxar tumanidan topilgan tuxumlar shunchalik yaxshi saqlanganki, paleontologlar (qadimgi jonzotlarning qoldiqlari bilan shug‘ullanuvchi olimlar) tuxum qobig‘idan parchalangan oqsil bo‘laklarini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!