Hindistonda 52 yoshli tadbirkor rafiqasi uchun Toj Mahal qurdirdi

Hindistonda 52 yoshli tadbirkor rafiqasi uchun Toj Mahal  qurdirdi

52 yoshli hindistonlik tadbirkor 27 yil birga yashagan rafiqasi uchun uy sifatida Toj Mahalning kichraytirilgan nusxasini qurdirdi. Bu haqda BBC yozmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur “muhabbat yodgorligi”ni tadbirkor Anand Prakash Chouksi Hindistonning markaziy Madhya-Pradesh shtatidagi Burxonpur shahrida barpo etgan.

“Bu nafaqat xotinim uchun, balki shahar va uning aholisi uchun ham sovg‘a bo‘ldi”, deyde tadbirkor.

Uning so‘zlariga ko‘ra, odamlar bemalol uy atrofida aylanishi va dam olishi mumkin, ammo uy ichiga kirishi taqiqlanadi. Chunki uyda oila doimiy yashaydi.

Xabarga ko‘ra, uyni qurish uchun taxminan 20 million rupiy (199 ming funt yoki 260 ming dollar) sarflangan. Toj Mahalning nusxasi 50 gektar maydonda joylashgan. Tarkibida shifoxona ham mavjud.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!