Hindiston shimoliy-g‘arbi hamda Pokistonga chang ''yopirildi''

Hindiston shimoliy-g‘arbi hamda Pokistonga chang ''yopirildi''

Eron va Ummonda ko‘tarilgan chang-qum zarrachalari Arabiston dengizi orqali Hindiston shimoliy-g‘arbi hamda Pokistonga ''yopirildi''.

NASA sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan radiometrik tasvirlarda chang-bo‘ronning xavflilik darajasi Mumbayda kuchli sezilgan. Chang bo‘ronga ''o‘ta darajada yomon'' xavflilik darajasi berilgan.

Mumbayda chang bo‘ron havo haroratining keskin pasaytirib yuborish sinoptik hodisa bilan birga qayd etildi. Mumbay uchun yanvar oyi uchun o‘rtacha sutkalik harorat +31 daraja edi, ammo bu xavfli kataklizm hodisasi ortidan sutkalik havo harorati +24 darajagacha pastladi.🌡📉

21 yanvardan Pokiston va shimoli-g‘arbiy Hindistonda mavsumga xos bo‘lmagan o‘ta past bosimli soha(siklon) rivojlandi. Bu g‘arbdagi yuqori bosimli sohadan kuchli shamollarni ''chaqirdi''. Shamollar havoda o‘zi bilan chang va qum zarrachalarini dengiz orqali olib keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!