Hindiston prezidenti shifoxonaga yotqizildi

Hindiston prezidenti shifoxonaga yotqizildi

26 mart kuni Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind ko‘krak sohasida noxushlik sezgandan keyin Nyu-Dehlidagi shifoxonaga yotqizildi.

PTI axborot agentligining xabar berishicha, Hindiston prezidenti Research and Referral harbiy gospitaliga yetkazilgan. U hozirda ko‘rikdan o‘tkazilmoqda va kuzatuv ostida qolmoqda. 

“Uning ahvoli barqaror”, deb aytilgan xabarda. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ta’kidlab o‘tish joiz, Kovind mart boshida koronavirusga qarshi vaksinaning birinchi dozasi bilan emlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!