Hikoyalar mushoirasi

Hikoyalar mushoirasi

TA’RIF (birinchi hikoya)

— Bolajonlar, bugun mustahkamlash darsida siz bilan ajoyib yozuvchi Said Ahmadga ta’rif beramiz! — deya e’lon qildi ustoz sinf taxtasiga ilingan yozuvchining suratini ko‘rsatib.

— Said Ahmad — O‘zbekiston qahramoni! — dedi doim hozirjavob Muxlisa.

— U «Ufq» romanini yozgan, — javob berdi Mirkomil.

— Barakalla!

Bolajonlar birin-ketin qo‘l ko‘tarib javob bera boshladilar.

— Ha, Akbar, sen qanday ta’rif berasan?
— Ustoz, Said Ahmadning ko‘zi yaxshi ko‘rmas ekan.
— Iya, bu ma’lumotni qayerdan olding? — ajablandi o‘qituvchi.
— Ana, ko‘zoynak taqib olibdilar-ku! — sinf taxtasidagi suratga ishora qildi Akbar.

Rahimov Akbar
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktab 8-D sinf o‘quvchisi


QARZ (ikkinchi hikoya)

— Buncha ko‘p o‘qiyverasan, bolam?
— Ilm o‘rganish savobi ota-onaga borar ekan. Sizdan Jannat qarzim bor, ona!

Karimova Mavluda
248-maktab 9-B sinf o‘quvchisi


JAVOB (uchinchi hikoya)

— O‘rtoqlaring bilan ketmaysanmi? — so‘radi ustozim.
— Qaysi o‘rtoqlarim bilan? — dedim
— Sinfdoshlaring bilan.
— Ilm yo‘lida safdoshlarim bo‘lsa borardim. Ular kompyuter o‘yiniga ketgan shunchaki sinfdoshlarim.

Sattorov Farruh
248-maktab 9-A sinf o‘quvchisi

ORIYAT (to‘rtinchi hikoya)

Menga qizlarning havasi keladi. Uchta akang bor deydi. Akalaring navbat bilan mashinasida maktabga olib keladi deyishadi.

Uchta akaning sha’ni uchun bir umr boshimni egib yashashim lozimligini bilishmaydida. Mayli, shu hayo, or uchun akalarim omon bo‘lsin.

Mirvohidova Fazilat
248-maktab 9-A sinf o‘quvchisi

Feruza Salxodjayeva to‘pladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!