Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va’da qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi va viloyat IIB xodimlari hamkorligida Navoiy shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vatanparvar” tashkiloti Navoiy o‘quv sport texnika klubi o‘rgatuvchi ustasi B.M. fuqaro S.SH.ga “V.S.” toifasidagi haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shu kabi, Departamentning Taxtako‘pir tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.O. fuqaro YU.E.ning ishonchiga kirib, unga go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari orqali haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga firibgarlik yo‘li bilan 600 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!