Haydovchilar diqqatiga! O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Haydovchilar diqqatiga! O‘zbekistonning eng katta avtomobil yo‘li vaqtincha yopildi

Ayni paytda Toshkent shahri va respublikamizning sakkiz viloyatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasini bog‘lovchi M-39 Olmaota Bishkek Toshkent Termiz avtomobil yo‘li 865-kilometrining Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida joylashgan Yallama ko‘prigida qurilish ishlari olib borilmoqda.

Shu sababli respublikamizning boshqa viloyatlaridan Toshkent shahriga kelayotgan avtomobillar tirbandligi yuzaga kelmoqda.

Toshkent viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining O‘zAga ma’lum qilishicha, Olmaota Bishkek Toshkent Termiz avtomobil yo‘lining 871-kilometrida joylashgan ikkinchi darajali yo‘l orqali M-34 Toshkent Dushanbe yo‘liga o‘tib, Toshkent shahriga yetib olish mumkin.

Toshkent viloyati YHXB haydovchilardan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!