Hasanboy Do‘smatov dunyoning eng kuchli havaskor bokschilari ro‘yxatidan joy oldi

Hasanboy Do‘smatov dunyoning eng kuchli havaskor bokschilari ro‘yxatidan joy oldi

Dunyo bokschilari haqida ma’lumotlarni yetkazuvchi boxrec.com sayti havaskor bokschilarning vazn toifasidan qat’i nazar, aprel oyidagi umumiy reytingini e’lon qildi.

Unga ko‘ra, dunyoning eng kuchli havaskor bokschilari ro‘yxatining birinchi o‘rinidan hamyurtimiz Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov joy oldi. Uning bunday yuqori e’tirofga munosib ko‘rilishiga sabab, havaskor bokschilar o‘rtasida 138 ta jangdan 120 tasida g‘alaba qozongani bo‘ldi.

Quyida ushbu reytingning kuchli o‘nligi bilan tanishasiz:

1. Hasanboy Do‘smatov (O‘zbekiston)

2. Gabil Mamedov (Rossiya)

3. Sof’yan Umia (Fransiya)

4. Ruslan Abdullayev (O‘zbekiston)

5. Saken Bibosinov (Qozog‘iston)

6. Jamal Xarvi (AQSh)

7. Vsevolod Shumkov (Rossiya)

8. Muslim Gadjimagomedov (Rossiya)

9. Aslanbek Shimbergenov (Qozog‘iston)

10. Chinzorig Baatarsux (Mo‘g‘uliston).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!