Hasanboy Do‘smatov 17 yil oldingi arxiv surati bilan bo‘lishdi

Hasanboy Do‘smatov 17 yil oldingi arxiv surati bilan bo‘lishdi

Rio-2016 Olimpiadasi g‘olibi, jahon va Osiyo chempioni Hasanboy Do‘smatov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasiga yangi surat joyladi.

Charm qo‘lqop ustamiz murabbiyi Ziyatdinbek Toyg‘onboyev bilan tushgan suratini namoyish qildi. Ushbu surat 2007 yilda olingan.

Suratda murabbiyning: "Hasanboy, biz sen bilan albatta g‘olib bo‘lamiz!", degan so‘zlarini ko‘rasiz.

Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Parij-2024 Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lib, hozirda to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!