Har uchinchi yevropalik Yevropa Ittifoqi 2043 yilga kelib parchalanishiga ishonadi

Har uchinchi yevropalik Yevropa Ittifoqi (EI) 2043 yilga kelib parchalanishiga ishonadi.
Bu haqda Avstriyaning “Exxpress” gazetasi 15 noyabr kuni Yevropa tashqi aloqalar kengashi (ECFR) tomonidan o‘tkazilgan so‘rovga tayanib yozmoqda.
“Evropa Ittifoqi mavjudligiga ishonch pasaymoqda. Ko‘pchilik yevropaliklar uning yaqin yillarda barbod bo‘lishiga ishonishadi”, — deyiladi nashrda.
Shunday qilib, respondentlarning 33 foizi ijobiy, 50 foizi salbiy javob berdi, yana 17 foizi Yevropa Ittifoqining keyingi 20 yil ichida parchalanishi ehtimoli haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)