Hamas kutilmagan bayonot bilan chiqdi
Al-Qassom brigadalari matbuot kotibi Abu Ubayda kutilmagan bayonot berdi.
«Mahbuslarni himoya qilish uchun tayinlangan ikki musulmon askar sionist mahbusni otib o‘ldirdi. Ular yana ikki ayol mahbusni og‘ir yaralaganlar. Biz yarador mahbuslarning hayotini saqlab qolish uchun kurashyapmiz.
Sionist mahbuslar hayotiga dahl qilgan bu harakat tafsilotlarini o‘rganish uchun qo‘mita tuzildi. Bu haqda keyinroq batafsil tushuntirish beriladi».
HAMAS tashkiloti «o‘zlarining zararlariga» bo‘lsa ham buni ochiq ommaga yetkazib, bu ishni tergov qilinishini bildirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bosqinchi isroil G‘azoda 40.000 dan ortiq falastinliklarni qatl qildi. Ularning katta qismi ayollar va bolalar.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)