Guterrish Rossiya o‘g‘itlari, jumladan, ammiak eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga chaqirdi

Guterrish Rossiya o‘g‘itlari, jumladan, ammiak eksporti yo‘lidagi to‘siqlarni olib tashlashga chaqirdi

Bu haqda BMT Bosh kotibi Bosh Assambleya sessiyasining yuqori darajadagi haftaligida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arbiy Afrikada va undan tashqarida fermerlar narx va o‘g‘it mavjudligi sababli kamroq hosil yetishtirayotgani haqida xabarlar allaqachon mavjud.

Yana bir jiddiy muammoni Bosh kotib gazning yuqori bahosining azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarishga ta’siri deb atadi.

"Endi chora ko‘rilmasa, global o‘g‘it tanqisligi tezda global oziq-ovqat taqchilligiga aylanadi. Biz barcha jabhalarda chora ko‘rishimiz kerak", dedi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!