Go‘sht narxi o‘rtacha 12-13 foizga arzonladi

Go‘sht narxi o‘rtacha 12-13 foizga arzonladi

Kuni kecha Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan go‘sht va kartoshka maxsulotlari narxini tushirishga qaratilgan qonun qabul qilingani haqida aytgandik .

Unga ko‘ra, 2021 yil 10 oktyabrdan 2021 yil 31 dekabrga qadar bo‘lgan davrda go‘sht (mol go‘shti, qo‘y go‘shti, tovuq go‘shti), tirik hayvonlar (qoramol va parranda) va ularni so‘yishdan olingan mahsulotlarini, kartoshkani hamda muzlatilgan baliqni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, shuningdek ularni realizasiya qilish bo‘yicha aylanmalari qo‘shilgan qiymat solig‘idan(NDS) ozod qilinishi belgilangan.

❗️Qonun haqida ommaviy axborot vositalarida xabarlar tarqalishi fonida bugun savdo rastalarida go‘sht narxi arzonlashishni boshladi.

✅ Masalan, korzinka tarmoq do‘konlarida bugun mol go‘shti o‘rtacha 12-13 foizga arzonlagan. Masalan, mol go‘shtining to‘sh qismi 56990 so‘mdan 49990 so‘mga, qovurg‘a qismi 64990 so‘mdan 56990 so‘mga, biqin qismi 68990 so‘mdan 59990 so‘mga, mushak qismi 89990 so‘mdan 78990 so‘mga arzonlagan .

Deputatlarning kechagi qaroriga nisbatan bo‘lgan shubhalar shu bilan barham topsa ajabmas.

Umid qilamizki, go‘sht narxi qisqa vaqt ichida butun mamlakat bo‘ylab arzonlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!