Go‘sht mahsuloti noqonuniy tashib ketilayotgani aniqlandi

Go‘sht mahsuloti noqonuniy tashib ketilayotgani aniqlandi

Joriy yilning 27 iyunida viloyat ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlari tomonidan G‘allaorol tumani hududida joylashgan “Sangzor-15” yo‘l patrul xizmati maskanida go‘sht mahsulotini noqonuniy tashish holati aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro viloyati, G‘ijdivon tumanida istiqomat qiluvchi 1989 yil tug‘ilgan Q.F. “Kobalt” rusumli avtomashinasida 356 kg go‘sht mahsulotlarini hujjatlarsiz olib ketayotgan bo‘lgan.

Ushbu go‘sht mahsulotlari iste’molga yaroqli yoki yaroqsizligi aniqlanishi maqsadida muzxonaga vaqtinchalik saqlash uchun joylashtirilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!