Guardado Messidan norozi: "Bu suratlarni qanday qilib nabiralarimga ko‘rsataman?" (foto)

Guardado Messidan norozi: "Bu suratlarni qanday qilib nabiralarimga ko‘rsataman?" (foto)

Real Betis yarim himoyachisi Andres Guardado Barselona hujumchisi Messidan hazil tariqasida norozi ekanligini aytdi.

Messi dunyo futbolining ramzi, u tarixdagi eng yaxshi futbolchi. Men nabiralarimga Leo bilan bir davrda o‘ynaganimni aytib faxrlanaman. Menda Messi bilan to‘p uchun kurashganim aks etgan 20 ta surat bor, ammo nega ularning birortasida ham to‘p menda emas? Men bu suratlarni nabiralarimga qanday ko‘rsataman? , dedi Guardado.

E’tiboringizga aynan Messi va Guardado kurashi aks etgan suratlarni havola etamiz. Chindan ham ularda Betis futbolchisining ojiz ekanligi ko‘rinib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!