Guanjouda O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Guanjouda O‘zbekiston – Xitoy biznes-forumi bo‘lib o‘tdi

Xitoyga tashrifi davomida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Guandun muzofotidagi Guanjou shahrida bo‘lib o‘tgan biznes-forumda ishtirok etdi.

Anjumanda ikki mamlakat yetakchi kompaniyalarining 300 dan ortiq vakili hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, mavjud aloqalarni mustahkamlash, yangi qo‘shma investisiya loyihalarini amalga oshirish masalalarini muhokama qilishdi.

Tadbir doirasida bir qator kelishuvlar imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Guandun Xitoyning eng yirik eksportchi va importchi hududi hisoblanadi. Mamlakatimiz TIV rahbari gubernator Van Veychjun bilan o‘tkazgan muzokara chog‘ida ishbilarmonlik aloqasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!