Gruziyada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Gruziyada o‘zbekistonlik ayol o‘lik holda topildi

Gruziyaning Kaxetiya tumani Sagarejo munisipalitetida 50 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘lik holda topildi.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, marhumda qayd etilgan bosh jarohatlari to‘mtoq jism zarbalaridan kelib chiqqan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumotlarga qaraganda, o‘zbekistonlik ayol Gruziya fuqarosi bilan bir necha yillardan beri Gruziyada yashab kelgan.

Ichki ishlar vazirligi hodisa yuzasidan Gruziya Jinoyat kodeksining 108-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha tergov boshladi. Kaxetiya viloyati polisiyasi voqea yuzasidan chamasi 60 yoshli erkakni qo‘lga olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!