Gruziyada bolalar orasida koronavirus ko‘paymoqda

Gruziyada bolalar orasida koronavirus ko‘paymoqda

Gruziyada o‘smirlar orasida koronavirus kuchaymoqda. Bu sinflar va maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining boshlanishi bilan bog‘liq ekani aytilmoqda.

– Maktab va bolalar bog‘chalari ochilganidan keyin kasallanishlar soni keskin oshdi. Bu, ayniqsa, so‘nggi bir necha kun ichida yaqqol sezilmoqda. Shifoxonada bemorlar soni ortib bormoqda, – dedi Sisishvili nomidagi bolalar shifoxonasi direktori David Rexviashvili “Imedi” telekanaliga bergan intervyusida.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda Sisishvili shifoxonasida 150 ga yaqin o‘smir bemor va ularning ota-onalari davolanmoqda.

“Gruziya yangiliklari” agentligi xabar berishicha, 23 nafar bola jonlantirish bo‘limida bo‘lib turibdi. Poytaxt Tbilisida koronavirus tufayli 55 ta bolalar bog‘chasi 12 kunga yopilgan, 7 ta maktab va 90 ta xususiy sinflar masofadan turib o‘qish tizimiga o‘tgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!