Gruziya Rossiya fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatmaydi, parvozlarni ham taqiqlamaydi - Papuashvili

Gruziya Rossiya fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatmaydi, parvozlarni ham taqiqlamaydi - Papuashvili

Gruziya Rossiya fuqarolari uchun viza rejimini o‘rnatmaydi, parvozlarni ham taqiqlamaydi. Bu haqda Gruziya parlamenti rahbari Shalva Papuashvili ma’lum qildi.

"Rossiya bilan viza rejimining joriy etilishi, chegaraning yopilishi va havo qatnovining taqiqlanishi aslida sanksiyalardir. Agar Gruziya bunga yo‘l qo‘ysa, bu Rossiya Federasiyasi bilan munosabatlarning keskinlashuviga olib keladi", — deya tushuntirdi Shalva Papuashvili.

"Biz shunday oqimga kiramizki, oqibatlarini oldindan aytib bo‘lmaydi. Shubhasiz, bu holatda Rossiya Federasiyasi tomonidan qarshi sanksiyalar qo‘llanadi. Pirovardida bu mamlakatimiz xavfsizligi va iqtisodiy farovonligiga tahdid soladi" — deya ta’kidladi Papuashvili


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!