Grozniydagi" Qur’on muzeyi " noyob buyumni sovg‘a sifatida qabul qilib oladi

Grozniydagi" Qur’on muzeyi " noyob buyumni sovg‘a sifatida qabul qilib oladi

Grozniyda qurilishi avval Checheniston hukumati tomonidan e’lon qilingan" Qur’on muzeyi " musulmonlarning eng qadimgi qo‘lyozma Muqaddas kitobi bo‘lgan Usmon Qur’onining faksimil nusxasini oladi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)ning kuyovlari xalifa Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu) buyrug‘i bilan milodiy 651 yilda (hijratning 24-yili) noyob Kufiy Qur’oni Karim kiyik terisiga bir necha nusxada yozildi. Dunyoda faqat 6 nusxalari mavjud.

- Sovg‘alar- mening biznesim, lekin Qur’onni sotish odobsizlik bo‘lardi, - dedi sovg‘ani muzeyga topshirish tashabbuskori, qo‘lyozmaning egasi Semen Fleri.

Avvalroq "Islom-Today" portali Checheniston poytaxtida jangarilar qo‘lida halok bo‘lgan Magomed Djabrailov nomi bilan ataladigan Grozniyda "Qur’on muzeyi" qurilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!