Gresiyaning ikkita kemasi Eron tomonidan hibsga olindi

Gresiyaning ikkita kemasi Eron tomonidan hibsga olindi

Gresiya tashqi ishlar vazirligi Eron harbiylari Fors ko‘rfazida Gresiya bayrog‘i ostidagi ikkita kemani qo‘lga olganini tasdiqladi.

“Tashqi ishlar vazirligi Eron qurolli kuchlari tomonidan Gresiya bayrog‘i ostidagi kemalarning qo‘lga olinishini keskin qoralaydi”, — deyiladi vazirlik bayonotida.

Qayd etilishicha, Eronning Afinadagi elchisi norozilik bildirgan, Gresiya kemalarning hibsga olinishini qaroqchilik harakati deb biladi, bu harakatni qoralaydi va kemalar hamda ularning ekipajlarini zudlik bilan ozod qilishni talab qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Islom Respublikasi qo‘riqchilari korpusi ikki grek tankerini qo‘lga olgani haqida xabar berilgandi.

26 may kuni OAV Gresiya Eron nefti solingan tankerni hibsga olgani, shundan so‘ng bu neft Gresiya hukumati tomonidan AQShga o‘tkazilgani haqida yozgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!