Gresiyada poyezd relsdan chiqib ketdi. Unda Amerika tanklari bor edi

Gresiyada poyezd relsdan chiqib ketdi. Unda Amerika tanklari bor edi

Amerika armiyasi harbiy texnikalarini ortgan poyezd Gresiya shimolidagi Aleksandrupolis porti yaqinida relsdan chiqib ketdi, deb xabar bermoqda Gresiya kommunistik partiyasining 902.gr axborot portali.

Voqea juma kuni ertalab sodir bo‘lgani aytilmoqda.

"Poyezd Fransuz vokzali atrofida sodir bo‘ldi. Poyezdni relsga chiqarish uchun voqea joyiga zudlik bilan kran va boshqa texnikalar, shuningdek, polisiya kuchlari yetib kelgan", - deb xabar bermoqda portal.

"Poyezd vagonlariga tanklar, zirhli mashinalar va konteynerlar ortilgan, ular NATO chegaralariga o‘rnatilayotgan bo‘lgan.

Amerika rasmiylarining ta’kidlashicha, odatda amerikaliklar va NATO Aleksandrupolis porti orqali Ukrainaga qurol yetkazib berish bilan shug‘ullanishgan", - deya ta’kidlanadi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!