Grenlandiya Bosh vaziri Trampning Kongressdagi nutqidan keyin orol sotilmasligini aytdi

Amerika tomoni Grenlandiya sotilmasligini, uning kelajagini esa orol aholisi belgilashini tushunishi kerak, dedi Grenlandiya Bosh vaziri Mute Egede.
Bu haqda AP Bosh vazirning ijtimoiy tarmoqlariga tayanib xabar bermoqda.
“Biz amerikalik emasmiz. Biz daniyalik emasmiz. Biz Grenlandiyalikmiz. Amerikaliklar va ularning rahbariyati shuni tushunishi kerak”, deb yozdi u.
“Biz sotilmaymiz va orolni shunchaki olib qo‘yib bo‘lmaydi”, deb yozadi u. “Mamlakat kelajagini o‘zimiz belgilaymiz”.
11 mart kuni Grenlandiyada parlament saylovi bo‘lib o‘tadi.
AQSh Prezidenti Donald Tramp Kongressga murojaatida Grenlandiyaga nisbatan hududiy da’volaridan voz kechish niyatida emasligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, uning xalqi shunday istak bildirsa, AQSh uni o‘z saflariga qabul qilishga rozi bo‘ladi, deb xabar beradi interfax.ru.
Uning ta’kidlashicha, AQSh Grenlandiyani “qanday bo‘lmasin” oladi. “Biz uni qo‘lga kiritish niyatidamiz. Siz xavfsiz bo‘lasiz. Biz sizni boy qilamiz va birgalikda Grenlandiyani misli ko‘rilmagan cho‘qqilarga ko‘taramiz”, deya qo‘shimcha qildi Prezident.