Google Play sanksiyalangan bir qator Rossiya banklarining ilovalarni olib tashlaydi

Google Play mobil ilovalar do‘koni Rossiyaning bir qator sanksiyaga uchragan banklarining ilovalarini o‘chirib tashladi.
“RIA Novosti”ning yozishicha, xususan, gap “Sankt-Peterburg” va “Uralsib” banklari haqida bormoqda.
Shuningdek, do‘konda Primore, Levoberejniy, Zenit, SDM-bank, UBRD, Lanta Bank va Metallinvestbank kabi kredit tashkilotlarining ilovalari mavjud emas.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)