Google 23 mlrd dollarga kiberxavfsizlik startapini sotib olmoqchi

Google 23 mlrd dollarga kiberxavfsizlik startapini sotib olmoqchi

“Google"ning bosh kompaniyasi “Alphabet” Isroilning “Wiz” startapini sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi “CNBC” nashri.

2020-yilda Assaf Rappaport boshchiligida tashkil etilgan “Wiz” startapi bulutli tizim xavfsizligiga ixtisoslashgan.

Korporasiyalar o‘z ilovalari va ma’lumotlarini bulutli tizimga ko‘proq o‘tkazar ekan, bu ko‘plab kompaniyalar uchun xavfsizlikni ustuvor qiladi.

“Gartner” ma’lumotlariga ko‘ra, bulutli xizmatlar va asboblar bozori ;500 mlrdga baholanadi va yiliga 20%dan ko‘proq o‘sadi.

“Wiz” bulutli kontentni skanerlash va xavflarni ustuvorlashtirish uchun “Amazon Web Services” va “Microsoft Azure” kabi bulutli saqlash provayderlari bilan hamkorlik qiladi.

“The Wall Street Journal” ichki manbaga tayanib xabar qilishicha, “Wiz"ni sotib olish bo‘yicha kelishuv $23 mlrdga teng, tomonlar taklif qilingan kelishuvga izoh berishdan bosh tortgan.

Bu har ikki tomon uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha birinchi yirik kelishuv emas. 2015-yilda Rappaport va uning jamoasi o‘zlarining kiberxavfsizlik bo‘yicha “Adallom” startapini “Microsoft"ga $320 mlnga sotgan.

2022-yilda “Google” o‘zining “Google Cloud” xizmati uchun kiberxavfsizlik bo‘yicha yetakchi “Mandiant"ni $5,4 mlrdga sotib oldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!