GM Uzbekistan yana avtomobillarga imtiyozli kreditlar joriy qildi

GM Uzbekistan yana avtomobillarga imtiyozli kreditlar joriy qildi

GM Uzbekistan hamda XATB «Ravnaq-bank» hamkorlikda bankning 17 yilligi munosabati bilan 2018 yilning 22 oktyabridan e’tiboran Toshkent shahri aholisi uchun 500 dona LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobilini imtiyozli kreditlash bo‘yicha aksiya e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

LACETTI CDX A/T (3-poz.) avtomobiliga imtiyozli kreditni quyidagi kredit shartlar asosida rasmiylashtirish mumkin:

1) 10% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 5 yilgacha – yillik 22%

2) 30% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 3 yilgacha – yillik 20% 

3) 50% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda - 2 yilgacha – yillik 19% 

4) 60% dastlabki to‘lov amalga oshirilganda – 15 oygacha – yillik 18%

– Kredit uchun talab qilinadigan hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin:

(https://ravnaqbank.uz/…/Perechen-dokumentov-Avtokredit-akts…)

– Daromadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar namunasi ushbu havolada:

(https://ravnaqbank.uz/…/e94/Spravka-o-dokhodakh-obrazets.pdf)

– Kreditni so‘ndirib borish jadvali ushbu havolada:

(https://ravnaqbank.uz/…/Grafik-pogasheniya-Avtokredit-aktsi…)

– «Ravnaq-bank» XATB joylashgan manzil ushbu havolada:

(https://goo.gl/maps/DUtA56ib88k)

Ushbu aksiya bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan barcha ma’lumotlarni «Ravnaq-bank»ning 71-202-00-82 raqamlari orqali olishingiz mumkin.

«GM Uzbekistan» avtomobillarining boshqa modellarini «Ravnaq-bank» orqali kreditga xarid qilish bo‘yicha quyidagi havolada orqali ma’lumot olishingiz mumkin: Avtokreditlar

(https://ravnaqbank.uz/uz/private/crediting/auto-loan/)

“Eslatib o‘tamiz, sizdan turli vajlarda imtiyozli avtokredit rasmiylashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ undirish hollari yuzaga kelganda kompaniyaning Call-markaziga 71-141-77-77 raqamlari yohud O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining 10-07 qisqa raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin”, deyiladi xabarda.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!