Global tahdidlar fonida NATO yadroviy arsenallarini shay holatga keltirmoqda

Global tahdidlar fonida NATO yadroviy arsenallarini shay holatga keltirmoqda

Shimoliy Atlantika alyansi Rossiya va Xitoy tahdidi kuchayib borayotgan bir sharoitda blokning yadroviy qurollarini jangovar shay holatga keltirish masalasini muhokama qilmoqda.

Men qancha yadro kallaklari hushyor turishi va qaysi biri omborda bo‘lishi kerakligi haqida tafsilotga to‘xtalmayman, ammo bu masalalar bo‘yicha maslahatlashmoqdamiz, — dedi NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, NATO yadro strategiyasining asosi shaffoflik bo‘lishi kerak, bu esa raqiblarga to‘g‘ridan to‘g‘ri xabar yuborishga yordam beradi.

Maqsadimiz, albatta, yadroviy qurolsiz dunyo, ammo ular mavjud ekan, biz yadroviy ittifoq bo‘lib qolamiz. Rossiya, Xitoy va Shimoliy Koreya yadroviy qurolga ega, ammo NATO ega bo‘lmagan dunyo yanada xavfliroq bo‘lar edi, — deya qo‘shimcha qilgan Stoltenberg.

Avvalroq Rossiya TIV rahbari o‘rinbosari Sergey Ryabkov Rossiya “qizil chiziqlar” mavzusiga chek qo‘yishi va yadroviy tahdidlar masalasida G‘arbga ko‘zgudek javob berishini aytgan.

Rossiya rahbari Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Rossiyaning yadroviy doktrinasini o‘zgartirishni istisno etmagan va uni “jonli qurol” deb atagan. Putin RF yadro quroli bilan qo‘rqitishni rejalashtirmayotganini, ammo Yevropa bu masalada ancha-muncha himoyasiz ekanini ta’kidlagan. U ish yadro zarbalarigacha bormasligiga ishonch bildirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!