Germaniyada Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi

Germaniyada Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi

Dyusseldorf va Bad-Homburg federal jinoyat polisiyasi departamenti xodimlari Xitoy razvedkasi bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilingan 3 nafar Germaniya fuqarosini qo‘lga oldi.

Bu haqda Germaniya Bosh prokuraturasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi «Report» RBK’ga tayanib.

Ma’lum qilinishicha, Xervig F., Ina F. va Tomas R. 2024 yil 17 apreldagi sud buyrug‘i asosida hibsga olingan. Ularning uylari va ish joylari tintuv qilindi.

«Qo‘lga olingan shaxslar 2022 yilning iyunigacha noma’lum muddat davomida Xitoy razvedkasida ishlaganlikda gumon qilinmoqda», — deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!