Germaniyada mamlakatga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarolari ushlandi

Germaniyada mamlakatga noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan Rossiya fuqarolari ushlandi

Germaniyada voyaga yetmagan farzandlari bilan mamlakatga noqonuniy kirishga harakat qilgan Rossiyalik oila qo‘lga tushdi. Ular jami olti nafar bo‘lgan.

Bu haqda Germaiya ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Qayd etilishicha, 26 yanvar kuni ertalaba polisiya Polshadan kirib kelayotgan ikkita avtomobilni tekshiruvdan o‘tkazgan.

«Ikkita avtomashinada 24 va 26 yoshli haydovchilardan tashqari, yana olti nafar Rossiya Federasiyasi fuqarolari bo‘lgan», — deyiladi polisiya bayonotida.

Xabarda gap bir yoshdan to‘qqiz yoshgacha to‘rt nafar farzandi bor oila haqida gap ketmoqda.

Ma’lumotda aytilishicha, Rossiyaliklar faqat muddati o‘tgan Polshada yashash uchun ruxsatnomasini ko‘rsatishgan.

Bundan tashqari, avtomashina haydovchilari Ukraina fuqarolari bo‘lib, ular Polshaga qaytarib yuborilgan va Germaniya davlatiga kirishi ta’qiqlandi.

«Bolalarning 40 yoshli otasi va 29 yoshli onasi ruxsatsiz kirishga gumon qilinib, rasmiylar tomonidan tekshirilgan», — deyiladi polisiya tomonidan.

Qayd etilishicha, boshpana so‘rab ariza olinganidan keyin oila Brandenburgdagi migrantlarni dastlabki qabul qilish punktiga jo‘natilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!