Germaniya vise-kansleri: Isroilning G‘azodagi harakatlari xalqaro qonunlarga zid

Germaniya vise-kansleri: Isroilning G‘azodagi harakatlari xalqaro qonunlarga zid

Isroilning G‘azo sektoridagi harakatlari xalqaro huquqqa ziddir. Bu fikrni Germaniya vise-kansleri, Iqtisodiy ishlar va iqlimni muhofaza qilish vaziri Robert Xabek bildirdi.

DPA agentligi xabariga ko‘ra, u Isroil rasmiylari xalqaro qonunlarga rioya qilishi kerakligini ta’kidlagan.

“Ocharchilik, Falastin aholisining azob-uqubatlari, G‘azo sektoridagi hujumlar, biz hozir sud qaroridan ko‘rib turganimizdek, xalqaro huquqqa to‘g‘ri kelmaydi”, — deya Xabek so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!