Germaniya prezidenti Shtaynmayer O‘zbekistonda

Germaniya prezidenti Shtaynmayer O‘zbekistonda

Germaniya Federativ respublikasi prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer 27 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Shtaynmayerni  Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Tashrif doirasidagi asosiy tadbirlar 28 may kuni "Ko‘ksaroy" qarorgohida bo‘lib o‘tadi. Tor va keng doiradagi muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, moliyaviy-texnik va madaniy-gumanitar hamkorlik, shuningdek, O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi formati doirasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokamasi kutilmoqda.

Shuningdek, Germaniya Federal prezidenti ishbilarmon doiralar va jamoatchilik vakillari bilan uchrashishi va boshqa tadbirlarda qatnashishi rejalashtirilgan.

Frank-Valter Shtaynmayer 29 may kuni Xorazm viloyatida bo‘ladi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!