Germaniya parlamenti Golodomorni ukrainaliklarning genosidi sifatida tan oldi

Germaniya parlamenti Golodomorni ukrainaliklarning genosidi sifatida tan oldi

Bundestag rezolyusiya qabul qildi, unda 1931—32 yillarda Ukraina SSR dehqonlarining oziq-ovqat mahsulotlarini musodara qilish bo‘yicha Stalin hukumati tomonidan qilingan siyosat ukrainaliklarning genosidi deb tan olindi.

"Ochlikdan ommaviy o‘lim hosil yetishmovchiligining natijasi emas, balki Iosif Stalin davridagi Sovet Ittifoqining siyosiy rahbariyati javobgarligi edi. Golodomor insoniyatga qarshi jinoyat, bugungi nuqtai nazardan, uning tarixiy va siyosiy tasnifi genosiddir", — dedi Bundestag deputatlari.

Hujjatni XDS, Sosial-demokratlar, Yashillar partiyasi va Erkin demokratik partiya deputatlari kiritgan. "Germaniya uchun muqobil" va So‘llar (Die Linke) uni qo‘llab-quvvatlashdan betaraf qolganiga qaramay, ko‘pchilik ovoz bilan ma’qullandi.

Golodomor — Sovet ittifoqi tomonidan sun’iy ravishda olib borilgan ocharchilik siyosati. Hozirgi Qrim, Rossiya va Ukrainaga qarashli Kuban o‘lkasida amalga oshirilgan bu siyosat natijasida 8 millionga yaqin inson ocharchilikdan halok bo‘lgan. Sovet davriga oid hujjatlarning arxivdan ochilmasligi sababli bu boradagi aniq sonlarni bilishning imkoni yo‘q. Shunga qaramay, mutaxassislar o‘sha davrdagi Ukraina aholisining 1/4 qismi ocharchilikdan halok bo‘lganini tahmin qilishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!