Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Rossiya terma jamoasini Yevro-2024 dan chetlashtirishga chaqirdi

Germaniya ichki ishlar vaziri Nensi Fezer Rossiya terma jamoasini Yevro-2024 dan chetlashtirishga chaqirdi

U UYEFA prezidenti Aleksandr Cheferinga tegishli maktub yo‘lladi, deya xabar beradi Der Spiegel.

“Xalqaro huquqni buzayotgan Rossiya va Rossiya rahbariyatining asosiy ittifoqchisi bo‘lgan Belarus barcha xalqaro futbol turnirlaridan chetlatilishi kerak.

Futbol o‘zining mas’uliyatli rolini oqlashi, inson huquqlari buzilishiga qarshi birdamlik pozisiyasini namoyish qilishi kerak. Barcha jinoyatchilar sport bilan shug‘ullanish, ta’sir o‘tkazish yoki o‘zini boshqa yo‘l bilan ko‘rsatish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi kerak”, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!