Germaniya hukumati Putinning tanklar haqidagi so‘zlarini e’tiborga oldi

Germaniya hukumati Putinning tanklar haqidagi so‘zlarini e’tiborga oldi

Germaniya hukumati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainaga tank yetkazib berish haqidagi so‘zlarini e’tiborga oldi. Bu haqda Germaniya hukumatining rasmiy vakili Shteffen Xebeshtrayt ma’lum qildi.

“Albatta, Germaniya federal hukumati Rossiya prezidentining so‘zlariga e’tibor qaratdi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan RIA Novosti.

Xebeshtraytning qo‘shimcha qilishicha, tanklar yetkazib berish mojaroda ishtirok etish emas, balki Ukrainani qo‘llab-quvvatlashdir.

Avvalroq Putin Germaniyani Rossiya bilan yangi urushga tortayotganlarni qoralagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!