«Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global tashabbusi doirasida #HerHerHerStory mintaqaviy kampaniyasining boshlandi

 «Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global tashabbusi doirasida #HerHerHerStory mintaqaviy kampaniyasining boshlandi

«Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik» global tashabbusi doirasida #HerHerHerStory mintaqaviy kampaniyasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Dunyo bo‘ylab har 10 daqiqada 1 ayol jufti yoki oila a’zolari tomonidan o‘ldiriladi. BMT Ayollar tashkilotiga ko‘ra, dunyoning hech bir davlati inson huquqlari buzilishining eng keng tarqalgani bo‘lgan ayollarga nisbatan zo‘ravonlikni yo‘q qilishga yaqin kelgani ham yo‘q.

O‘zbekistonning Toshkent shahrida Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan ochilish marosimida 60 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, yuqori darajadagi davlat amaldorlari, inflyuyenserlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, BMT agentliklari, elchixonalar vakillari, jurnalistlar, bloggerlar, dizaynerlar va faollar qatnashdi.

"O‘zbekiston hukumati gender tenglikni ta’minlash masalasiga jiddiy yondashmoqda. Mamlakatda olib borilayotgan islohotlar, huquqiy o‘zgarishlar, poydevor, salohiyatni oshirish borasidagi sa’y-harakatlar haqiqatda samarali va ayol-qizlarning farovonligi yo‘lida juda juda muhimdir. Biz endi amaliyotga ko‘proq e’tibor qaratishimiz va o‘z bahoyimizni berishimiz lozim. Shu o‘rinda, hukumatning islohotlar borasidagi sa’y-harakatlari ancha salmoqli ekanini qayd etib o‘tish mumkin", - deya ta’kidladi BMT Ayollar dasturining O‘zbekistondagi menejeri Ceren Guven Gures.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ayollar tashkiloti va Ma’lumotlar maktabi ko‘magida tadqiqotchilar guruhi tomonidan o‘tkazilgan ayollar o‘limiga oid tadqiqotlarning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekistonda femitsid qurbonlari soni 2014 yildan 2023 yilgacha bo‘lgan davrda oshgan va 2023 yilda eng yuqori nuqtasiga yetib, 79 tani tashkil qilgan. 91% hollarda, jinoyatchilar erkaklar bo‘lgan. Har ikki ayoldan biri hozirgi yoki sobiq jufti tomonidan o‘ldiriladi va har to‘rt ayoldan biri oila a’zosi tomonidan o‘ldiriladi. O‘ldirilgan ayollarning aksariyati (61%) o‘z uylarida — o‘zini xavfsiz his qilishi va mehr ko‘rishi kerak bo‘lgan joyda o‘ldirilgan.

Bu yerda keltirilgan dastlabki ma’lumotlar Niginaxon Saida, Svetlana Dzardanova, Gulnoza Ahmedova va Deniz Nazarova tomonidan BMT Ayollar tashkiloti «Har bir ayol va qizni e’tiborga olish» mintaqaviy dasturi, Ma’lumotlar maktabi hamda Femitsidga qarshi yig‘ilgan ma’lumotlar qo‘shma tashabbusi doirasida olib borilgan femitsid tadqiqotidan olingan. To‘liq hisobot 2025 yilda taqdim etiladi.

Ushbu nashrda bildirilgan fikrlar mualliflarga tegishli bo‘lib, BMT Ayollar tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkiloti yoki unga aloqador tashkilotlarning qarashlarini aks ettirmaydi.

Qozog‘istonlik omon qolganlarni ko‘ngilli qo‘llab-quvvatlash tarmog‘i asoschisi va faoli Aytbek Amangeldi moderatorligida o‘tkazilgan munozarada o‘zgarishlarni rag‘batlantirishda hikoya aytib berishning kuchi ta’kidlab o‘tildi. Aytbek shunday dedi:

«#HerHerHerStory stereotiplarni buzish, genderga asoslangan zo‘ravonlikka barham berish va tizimli muammolarga qarshi kurashish uchun jamiyatni birlashtirish muhimligini ko‘rsatadi, hikoyalar kuchi bilan gender asosidagi zo‘ravonlik va ayollar o‘limiga barham berish dolzarbligini uyg‘unlashtiradi».

Panelning qolgan ishtirokchilari: «Korzinka» supermarketlar tarmog‘i asoschisi Zafar Hoshimov, bloger va jamoat arbobi Shaxnoza Soatova, «Progressiv islohotlar markazi» asoschisi Mirshohid Aslanov, tojikistonlik yosh jurnalist Alina Valamatzade va diniy yetakchi Matluba Qahhorova.

Muhokamalarda Markaziy Osiyoda gender stereotiplari, jamiyat me’yorlari va qurbonlarni ayblash zo‘ravonlikni qanday kuchaytirayotganiga e’tibor qaratildi va bu muammolarni bartaraf etishning samarali yechimlari o‘rganildi.

Tadbir gender tengligini targ‘ib qiluvchi va ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka chek qo‘yishga chaqiruvchi butun mintaqadagi erkak inflyuyenserlarning ramziy marshi bilan yakunlandi. Ularning ishtiroki stereotiplarni yo‘q qilish va zo‘ravonlikning asosiy sabablarini bartaraf etishda ittifoqchi sifatida erkaklarning muhim rolini ta’kidladi.

Gender asosidagi zo‘ravonlik zararli gender stereotiplari, tengsizlik, zo‘ravonlikni normallashtirish va jazosiz qolishidan kelib chiqadi.

Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik har yili 25 noyabrdan (Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni**) 10 dekabrgacha (Inson huquqlari kuni) davom etadigan global kampaniyadir. 2008 yildan beri BMT Bosh kotibi va BMT Ayollar tashkiloti boshchiligida olib borilayotgan ushbu kampaniya butun dunyoda ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan. 2024 yilda kampaniya ayollarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish, ayollar huquqlari himoyachilari bilan birdamlikni namoyish etish, feministik harakatlarni qo‘llab-quvvatlash, zararli stereotiplarni yo‘q qilish va zo‘ravonliksiz dunyo qurish uchun jamiyatni safarbar etishga chaqiradi.

#HerHerHerStory ijtimoiy tarmoqlardagi mintaqaviy kampaniyasi — bu gender zo‘ravonligiga qarshi kurashda inflyuyenserlar, blogerlar, jurnalistlar, faollar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarini birlashtirgan tashqi tashabbus. U BMT Ayollar mintaqaviy byurosi platformalaridan tashqariga chiqadi va zo‘ravonlik, kamsitish yoki ta’qibning har qanday turini boshdan kechirgan ayollar va qizlarning ovozini kuchaytirish, genderga asoslangan zo‘ravonlikka barham berish va #HerHerHerStory xeshtegi yordamida o‘z hikoyalarini baham ko‘rish uchun jamoaviy harakatlarni ilhomlantirishga qaratilgan.

#HerHerHerStory'ning bosh g‘oyasi omon qolganlarni eshitish, qurbonlarni ayblashni va stereotiplarni yo‘q qilish, gender asosidagi zo‘ravonlik atrofidagi sukunatni buzishdir. Jamiyatdagi isnod va befarqlik, zo‘ravonlikni normallashtirish va omon qolganlarni qoralash bilan mustahkamlangan sukunat zo‘ravonlikning tarqalishiga imkon beradi hamda ko‘pincha ayollarning o‘limiga olib keladi.

#HerHerHerStory hikoyalarni ayollar o‘limining oldini olish zarurati bilan uyg‘unlashtirib, chuqur ildiz otgan tizimli muammolarni hal qilish uchun jamoaviy harakat muhimligini ta’kidlaydi.

Kampaniyaning boshlanishi Hilton Tashkent, Teplo Market, GU Construction va La Maison du Tchapan tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi hamkorlik gender tengligi va zo‘ravonliksiz kelajakka qanday yordam berishi mumkinligini ko‘rsatib berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Rossiyalik polisiyachilar ommaviy ravishda ishdan ketmoqda

Россияда шундай ҳудудлар борки, у ерда участка полиция инспекторлари лавозимларининг 90 фоизигача бўш, ва битта ходим тўққизта ходим ўрнига ишлашга мажбур бўлмоқда.

AQSh Eronga yangi zarba berdi

АҚШ ҳукумати бугун Эрон нефтини ноқонуний ташишда иштирок этган 35 та ташкилот ва кемаларга нисбатан санкциялар жорий этилишини эълон қилди. Ушбу қадам мамлакатнинг баҳсли ядровий дастури, илғор қуролларни ишлаб чиқиш ва минтақавий террористик гуруҳларни қўллаб-қувватлаш учун муҳим даромад манбаи бўлган Эроннинг нефть секторига қўшимча харажатларни йўналтиришга қаратилган.

Abduqodir Husanov uchun poygaga Madrid grandi ham qo‘shildi

«Ланс» шарафини ҳимоя қилаётган ҳамюртимиз Абдуқодир Ҳусанов Европанинг кўплаб топ-клублари эътиборини тортмоқда.

Janubiy Koreya qiruvchilari Rossiya va Xitoy harbiy samolyotlariga qarshi

Россия ва Хитой ҳарбий самолётлари Жанубий Кореянинг ҳаво ҳужумидан мудофаа идентификация зонасига олдиндан огоҳлантирмасдан кириб келди.

"Real" Zidanga iltimos bilan chiqdi

Ҳужумчи Килиан Мбаппе “Реал”да ҳали умидларни оқлай олмади.

Bahsli penalti oqibatida 100 dan ziyod odam halok bo‘ldi

Гвинеянинг Нзерекоре шаҳрида футбол фанатлари ўртасида келиб чиққан тўқнашувда 100 дан зиёд одам ҳалок бўлди. Бу якуний рақам эмас, чунки жароҳатланганлар жуда кўп.

APL klublari qishda Abduqodir Husanov uchun qancha mablag‘ sarflashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчисига Премьер-лига клублари қизиқиш билдирмоқда.

Zelenskiy o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Украина Россия Федерацияси билан НАТОга қўшилиш шарти билан ўт очишни тўхтатиш масаласини кўриб чиқади, деди Владимир Зеленский.

Yakutiyada qulayotgan asteroid videoga tushib qoldi

Астероид атмосферада ёниб кетди. Унинг қолдиқлари қаерга тушгани номаълум.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Sovuq, qor va yomg‘ir: yangi hafta uchun ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

Бошланган ҳафтада кутилаётган об-ҳаво маълумоти эълон қилинди. Ушбу ҳафтанинг бошида Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қуруқ об-ҳаво сақланиб туради.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Bugun kechqurun va kunduzi yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda

Бугун тунда Республикамизнинг кўплаб ҳудудларида ёмғир бошланади ва тушгача давом этади. Ёғаётган ёмғир қорга айланиш эҳтимоли бор.

«Qiyomat muzligi» kutilganidan tezroq xavf sola boshladi

«Қиёмат музлиги» шиддат билан эримоқда – бутун дунё бўйлаб глобал сув тошқини хавфи кучаймоқда.

Rossiya Bosh shtabi rahbari AQSh kemalariga xavfsiz masofaga chekinishni taklif qildi

Россия Қуролли кучлари Бош штаби бошлиғи Валерий Герасимов ўтган ҳафта АҚШ штаб бошлиқлари бирлашган қўмитаси раиси, генерал Чарлз Браунга қўнғироқ қилди.

Putin: «Dollar, dollar, dollar, dollar...»

Россия президенти Владимир Путин Ғарб давлатлари билан муносабатлар яхшиланишига умид билдирди.

Xitoy Trampning BRICS va dollar borasidagi tahdidlariga javob qaytardi

Бу ҳақда Newsweek хабар берди.

"Britan armiyasi yarim yilda tugaydi"

Британия армияси сони — флотсиз ва авиациясиз, қуруқлик кучларининг ўзи — ҳозирда 109 минг кишидан иборат,

Qodirov: Tramp butun dunyoga erkak ekanligini isbotlashi kerak

У Путин қачон сўнгги сўзини айтиши мумкинлигини айтди.

Janubiy Koreyada harbiy holat qayta joriy qilinadimi?

Корея Республикаси мудофаа вазири ўринбосари бўлиб ишлаётган Ким Сеонг Хонинг айтишича, унинг департаменти ҳарбий ҳолатни қайта жорий этиш ҳақидаги буйруқни, ҳатто бундай буйруқ олинган тақдирда ҳам бажармайди. Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

Amnesty International Isroilni dahshatli jinoyatda aybladi

Исроилнинг Ғазо секторида содир этаётган қилмишлари ҳамда расмийларнинг баёнотлари Тель-Авив Фаластин ерларида геноцид (қатлиом) қилиш ниятида эканидан далолат беради. Бу ҳақда Amnesty International инсон ҳуқуқлари ташкилоти ҳисоботида сўз боради.

Buxoroda 23 yoshli talaba universitet yotoqxonasida sirka kislotasi ichib, vafot etdi

Бу ҳақда Бош прокуратура матбуот котиби Ҳаёт Шамсутдинов "aniq.uz"га хабар берди.

Putin: Rossiya investorlar uchun eng jozibador davlat

Россия инвестициялар учун жозибадорлиги бўйича дунёнинг барча мамлакатларидан ўзиб кетди, деди чоршанба куни «Россия чорлайди!» форумида президент Владимир Путин.

AQSh Ukrainani yoshlarni urushga jalb qilishga chaqirmoqda

Украина 18 ёшдан 25 ёшгача бўлган ёшларни Россияга қарши курашда ҳарбий сафларига қўшиши керак, деди АҚШ Давлат котиби Энтони Блинкен.

G‘azolik bola ko‘targan ayol: «Bizni so‘yishlarini kuzatishda davom eting»

Ғазо шимолидаги сўнгги бошпаналардан биридан қочган бир гуруҳ одамлар билан кетаётган аёл Ал-Жазирага Исроил ҳарбийлари «бутун дунёнинг кўз ўнгида қотиллик ва вайронагарчиликка сабаб бўлаётганини» айтди.

Isroilning al-Mavasiyga qilgan hujumi oqibatida halok bo‘lganlar orasida bolalar ham bor

Исроил Ғазо жанубидаги ал-Маваси шаҳрига иккита ҳаво ҳужуми уюштириб, камида 20 кишини ўлдирди ва кўчирилган одамларга тегишли вақтинчалик чодирларга ўт қўйди.

AQSh Gruziya hukumatiga qarshi sanksiyalar joriy qilmoqda

АҚШ ҳукумати Грузияга қарши қўшимча чоралар, жумладан, мамлакатда бўлиб ўтаётган норозилик намойишлари муносабати билан санкцияларни қўллашга тайёрланмоқда, деди давлат котиби Энтони Блинкен.

Dunyo sukunati isroillik ko‘chmanchilarni Nablus yaqiniga hujum qilishga undadi

Фаластин Ташқи ишлар вазирлиги босиб олинган Ғарбий Соҳилдаги Наблус яқинидаги икки шаҳарчага «террорчи кўчманчи жангарилар» томонидан қилинган шафқатсиз ҳужумларни қоралади.

G‘azoda «gumanitar zonalar» yoki «evakuasiya qilish buyrug‘i» mavjud emas

Исроил ҳарбийлари агар фаластинликлар ўз уйларини ва вақтинчалик бошпаналарини тарк этмаса, уларни бомбардимон қилиш орқали ўлим билан таҳдид қилиб, инсонпарварлик қилмаяпти ёки фаластинликларга яхшилик қилмаяпти.

Bayden muhim uchrashuvda Trampning g‘alabasi haqida hazillashgandan so‘ng yana uxlab qoldi

Жо Байден бир неча марта, жумладан Анголада Африка етакчилари билан бўлган муҳим учрашувда ухлаб қолганликда айбланмоқда.

Zelenskiy sharqiy jabhani kuchaytirishga chaqirmoqda

Украина президенти Владимир Зеленский Украина шарқида Россия кучлари сўнгги ойларда олдинга силжиган секторларни кучайтиришга чақирди.

Istanbulda 17 kishi qalbaki spirtli ichimlikdan zaharlandi

Истанбулда спиртли ичимликларни қалбакилаштириш ва сотишда гумон қилиниб, 8 киши ҳибсга олинди

Toshkent viloyatidagi korxonada gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi

Чақнаш оқибатида 1 нафар фуқаро вафот этган, 6 нафар фуқаро тан жароҳати олиб, шифохонага ётқизилган.

Tubasda nasistlar "Turk kasalxonasini" qamal qildi, 5 shifokor o‘g‘irlab ketildi

Ғарбий Соҳилда босқинчилар Фаластин шаҳарларига оммавий ҳужумлар уюштирмоқда.

Rossiya va Eron rahbarlarining uchrashuvi

Пезешкиан яқин орада Россия етакчиси Владимир Путин билан учрашишини айтганди.

Gruziya Prezidenti: “Ommaviy hibsga olishlar... SSSR qaytdimi?

Грузия президенти Саломе Зурабишвили Х ижтимоий тармоғида мамлакатнинг Европа интеграциясини музлатишга қарши намойишчиларга нисбатан қўпол муносабатни кескин танқид қилди.

Isroilning G‘azo maktabiga qilgan hujumidan omon qolgan kishi voqeani aytib berdi

Ғазонинг Зайтун маҳалласидаги юзлаб кўчирилган оилалар истиқомат қиладиган УНРWА мактаби Исроил ҳаво ҳужумига учраган ва биринчи қават вайрон қилинган.

Rossiya Ukrainadagi aholi punktlari egallab olingani va aerodromlar vayron qilinganini e’lon qildi

Россия армияси Донетск вилоятининг Романовка қишлоғи ва Украинанинг Запороже вилоятидаги Новодаровка қишлоғини эгаллаб олди.

Tailand janubidagi suv toshqini oqibatida 25 kishi halok bo‘ldi

Умуман олганда, табиий офатдан 660 мингдан ортиқ хонадон жабр кўрди.