G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: Al-Shifa kasalxonasida 400 kishi uchun yetarli oziq-ovqat va suv mavjud

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘zlovchisi Ashraf al-Qudraning aytishicha, Al-Shifa kasalxonasida 7000 dan ortiq odamning 400 nafari uchun oziq-ovqat va suv yetarli.
“Kechadan beri kasalxonada 400 ga yaqin kishi uchun oziq-ovqat va suv ta’minoti mavjud, biroq biz majmua ichida yetti mingdan o‘n minggacha odam bor, ular orasida qochqinlar, tibbiyot xodimlari va yaradorlar bor”, — deya al-Qudra so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda RIA Novosti.
Uning qayd etishicha, Isroil askarlari uni o‘rab olganidan beri tibbiyot markaziga oziq-ovqat yetib kelmagan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)