G‘azo shimolidagi maktabga uyushtirilgan hujumda 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi

G‘azo shimolidagi maktabga uyushtirilgan hujumda 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi

Isroil armiyasi G‘azo shimolidagi maktabga zarba berishi oqibatida 200 ga yaqin odam halok bo‘ldi. Bu haqda Al Jazeera xabar bermoqda.

Maktab Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yaqin Sharqdagi Falastinlik qochqinlarga yordam va ishlar agentligi nazorati ostida.

Al Hadath nashrining xabar berishicha, zarba Falastin anklavining shimolidagi Jabaliya shahridagi Al-Faxura maktabi yaqinidagi hududga berilgan. Uylarini tashlab ketgan ko‘plab tinch aholi ushbu ta’lim muassasasidan boshpana topgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!