G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi — Rossiya TIV

G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi — Rossiya TIV

G‘arb Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi, Kishinyov esa unga ko‘r-ko‘rona ergashyapti, dedi “Rossiya 24” telekanaliga Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin.

“G‘arb mutlaqo mas’uliyatsiz va mutlaqo uzoqni ko‘ra bilmasdan Moldovani ikkinchi Ukrainaga aylantirmoqchi. Afsuski, Moldovaning hozirgi rahbariyati bu ishda faol ishtirok etmoqda”, - dedi vazir o‘rinbosari.

Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Kishinyov ko‘r-ko‘rona G‘arbning orqasidan ergashib, AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarida ishtirok etmoqda, Rossiya bilan munosabatlarini buzmoqda.

Ammo Rossiya Moldova bilan munosabatlarda keskinlashtirgani yo‘q, va "bu Rossiyaning uslubi emas", - dedi u.

Moskva Kishinyovning NATO va Yevropa Ittifoqi bilan harbiy-siyosiy sohada hamkorligi oshganidan bir necha bor xavotir bildirgan edi. May oyining oxirida Yevropa Ittifoqi Moldovada fuqarolik hamkori missiyasini ishga tushirdi. Yevropa Ittifoqining maqsadi Moldova siyosatida G‘arbga xayrixohlikni mustahkamlash va Rossiya bilan qarama-qarshilikni kuchaytirishdan iborat. Shu bilan birga, Moldova hukumati Rossiya bilan an’anaviy tarzda yaxshi munosabatlardan manfaatdor bo‘lgan. Moldova aholisi ham “Rossiya tahdidi” haqidagi mish-mishlarga ishonmaydi. Lekin hozirgi hukumat aholining manfaatlari va kayfiyatini e’tiborsiz qoldirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!