"Gangsta's Paradise" qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan Coolio vafot etdi

"Gangsta's Paradise" qo‘shig‘i bilan mashhur bo‘lgan Coolio vafot etdi

TMZ xabariga ko‘ra, ijrochining jasadi Los-Anjelesdagi uyidan topilgan. Musiqachi 59 yoshda edi.

Nashrning ta’kidlashicha, voqea joyida giyohvand moddalar izlari topilmagan va o‘lim katta ehtimol bilan zo‘ravonliksiz bo‘lgan.

Gangsta's Paradise 1995 yilda "Dangerous Minds" filmida namoyish etilgan va keyinchalik "Eng yaxshi rep ijrosi" uchun "Gremmy" mukofotiga sazovor bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!