Gaitida suv toshqindan keyin zilzila: qurbonlar bor

Gaitida suv toshqindan keyin zilzila: qurbonlar bor

Gaitining Jeremi shahrida zilzila oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bir necha kun avval suv toshqini oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi, deb xabar beradi BBC News.

AQSh Geologik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, kuni kecha Gaitida 4,9 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan. Bu kuchli yomg‘irdan keyin qayd etilgan. Natijada 13 mingdan ortiq odam o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi.

Bosh vazir Ariel Anrining aytishicha, uning hukumati va xalqaro hamkorlari toshqin bilan kurashish uchun «shoshilinch choralar» ko‘rmoqda.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon oziq-ovqat dasturi suv toshqini tufayli uy-joyini tashlab ketganlarni issiq ovqat bilan ta’minlashni boshlashini ma’lum qildi.

Gaiti rasmiylarining aytishicha, halok bo‘lgan uch kishining uyi qulaganda vayronalar ostida qolgan. Shuningdek, o‘ndan ortiq odam jarohatlangan.

Jeremi - Grand Ans departamentining janubi-g‘arbiy qismida joylashgan qirg‘oq shaharchasi. Bu hudud ikki yil avval zilziladan jiddiy zarar ko‘rgan va 2200 kishi halok bo‘lgan


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!