Gulnora Karimovaning oila a’zolari u bilan uchrashishdi

Gulnora Karimovaning oila a’zolari u bilan uchrashishdi

Oldinroq Adliya vazirligi tomonidan Internet tarmog‘ida mahkuma G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotgani hamda u doimo ruhiy bosim ostida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha o‘rganish o‘tkazilgani to‘g‘risida xabar berilgan edi. 

O‘rganish davomida (joriy yilning 3 iyul kuni) G. Karimova oila a’zolarining u bilan uzoq muddatli uchrashuv so‘rab yozgan murojaati kelib tushganlik fakti aniqlangan edi. 

Jinoyat-ijroiya kodeksining 76-moddasiga muvofiq mahkumlarning uzoq muddatli uchrashuv huquqi ta’minlanishini o‘rganish maqsadida monitoring o‘tkazildi. 

Monitoring davomida, mahkuma G. Karimova o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda 2019 yilning 7 iyul kunidan 10 iyul kuniga qadar, o‘z oila a’zolari bilan uch kunlik – uzoq muddatli uchrashuvda bo‘ldi. 

Ularga, uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalanayotgan boshqa mahkumalar kabi, alohida uzoq muddatli uchrashuvlarga mo‘ljallangan yashash joyi ajratildi. 
Ushbu uchrashuvni bo‘lish, shuningdek, oila a’zolari tomonidan olib kelingan posilka va banderollarni kiritishni cheklash holatlari bo‘lmadi. 

Suhbat davomida, G. Karimovaning oila a’zolari ushbu davrda boshqa mahkumalar ham o‘zining uzoq muddatli uchrashuv huquqidan foydalangan holda yaqinlari bilan birga bo‘lganligini ta’kidlashdi, bu boshqa mahkumalarning uchrashish huquqlari ta’minlanayotganligini bildiradi. 

Shu bilan birga, uchrashuv davomida, G. Karimovaning oila a’zolari G. Karimovaga tegishli tibbiy yordam ko‘rsatilmayotganligi va unga bosim o‘tkazilayotganligi bo‘yicha shikoyat va e’tiroz bildirishmadi. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!