FVV matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

FVV matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi

Katta leytenant Murod G‘aniyevich Sodiqov favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.

Murod Sodiqov 1984 yilda Qozog‘iston Respublikasi Jambul viloyatida tug‘ilgan. 2005-2009 yillarda O‘zbekiston Davlat san’at institutida o‘qigan. 2004 yildan 2019 yilgacha O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi telekanallarida turli lavozimlarda ishlagan.

M.Sodiqov oxirgi ikki yil davomida “O‘zbekiston 24” telekanalida teleboshlovchi va siyosiy sharhlovchi sifatida faoliyat olib borgan.

Eslatib o‘tamiz, favqulodda vaziyatlar vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i sanaladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!