FVV haydovchilarni "Qamchiq"da kutilayotgan qor, shamol va sovuqdan ogohlantirdi

FVV haydovchilarni "Qamchiq"da kutilayotgan qor, shamol va sovuqdan ogohlantirdi

O‘zbekiston Gidrometeorologiya xizmati markazidan berilgan ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil 22 noyabr kuni A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, shamol tezligi 7-12 m/s gacha  kuchayishi,  harorat kechasi 10-13 daraja, kunduzi 5-8 daraja sovuq bo‘lishi, yo‘llarda qor uyumlari, yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Faqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati.

"Shu munosabat bilan, yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini iltimos qilamiz", deyiladi xabarda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!